Magistratura va bakalavr mutaxassisliklari bo‘yicha diplom loyiha himoyalari ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bazasida yuqori saviyada tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Magistratura va bakalavr mutaxassisliklari bo‘yicha diplom loyiha himoyalari ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bazasida yuqori saviyada tashkil etildi.

 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistratura va bakalavr mutaxassisliklari bo‘yicha diplom loyiha himoyalari ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bazasida yuqori saviyada tashkil etildi.

♻️ Jumladan, “Axborot xavfsizligi” mutaxassisligi magistrantlarining dissertatsiya himoyalari “Kiberxavfsizlik markazi” DMda, soha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazildi.

Magistr bosqichi:
🔹– Raqamli kriminalistika;
🔹 Kiberxavfsizlik injiniringi
yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlik dissertatsiya ishlari “UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi MChJ huzuridagi Kriptologiya maktabida tashkil etildi.
🔹“Elektron hukumat” tizimini boshqarish hamda Kompyuter injiniringi mutaxassisliklari bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi Sun’iy intellekt alyansida bo‘lib o‘tdi.

Bakalavr bosqichi:
🔹 AKT sohasida iqtisodiyot va menejment ta’lim yo‘nalishi talabalari diplom loyiha ishlari himoyalari esa Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasida yuqori saviyada tashkil etildi.

☑️Himoya jarayonlarida magistrantlar axborot xavfsizligi sohasiga oid ilmiy-amaliy tadqiqotlari, innovatsion yechimlari, axborotni himoyalash usullari hamda zamonaviy IT texnologiyalarga asoslangan ishlanmalarini taqdim etdilar.

👥 Jarayonlarda professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda soha mutaxassislari ham ishtirok etib, ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohaza va tavsiyalarini bildirdilar.

❗ Davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan ishlarning dolzarbligi, ilmiy asoslanganligi hamda amaliy ahamiyati alohida e’tirof etildi.

👏 Barcha magistrantlarni muvaffaqiyatli himoya bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy hamda kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!