Magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha dissertatsiya va diplom loyiha himoyalari ishlab chiqarish

  • Asosiy
  • Magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha dissertatsiya va diplom loyiha himoyalari ishlab chiqarish

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha dissertatsiya va diplom loyiha himoyalari ishlab chiqarish hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bazasida yuqori saviyada tashkil etib kelinmoqda.

♻️ Jumladan:
🔹 Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari mutaxassisligi magistrantlarining himoyalari “O‘zbektelecom” AKning “TMS Hub” filialida;
🔹 Kompyuter injiniringi;
🔹– Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari mutaxassisliklari magistrantlarining himoyalari
GIDROINGO institutida tashkil etildi.

♻️ Shuningdek:
🔹Pochta aloqasi texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining diplom loyiha himoyalari “O‘zbekiston pochtasi” AJda;
🔹 Matematika injiniring ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi
O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida;
🔹 Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining diplom loyiha himoyalari esa
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida tashkil etildi.

☑️ Himoya jarayonlari soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda ekspertlar ishtirokida zamonaviy va innovatsion muhitda tashkil etildi.

👏 Barcha magistrantlar va bitiruvchi talabalarni muvaffaqiyatli himoyalar bilan tabriklaymiz hamda kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!