
O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish" loyihasining navbatdagi uchrashuv va malaka oshirish kurslari Buxoro shahrida tashkil etilmoqda.
Loyiha doirasida rejalashtirilgan navbatdagi uchrashuv va malaka oshirish kurslari joriy yilning 24-aprel kunidan Buxoro davlat texnika universitetida o‘z ishini boshladi.
Mazkur malaka oshirish kurslarida Latviyaning Riga Texnika Universiteti va Litvaning Vilnius Gediminas Texnika Universiteti professorlari hamda soha mutaxassislari, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasining 8 ta oliy ta’lim muassasalaridan 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ishtirokida tashkil etilmoqda.
Ushbu malaka oshirish kurslari - professor o‘qituvchilarga biotibbiyot muhandislik sohasida Yevropa ittifoqining ilg‘or tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.