Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, LG Electronics kompaniyasi ishtirokida maxsus Workshop tadbiri tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, LG Electronics kompaniyasi ishtirokida maxsus Workshop tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbirda, LG Electronics kompaniyasi faoliyati, asosiy ish yo‘nalishlari, kompaniya mahsulotlari, xodimlar uchun yaratilgan qulay ishlash sharoitlari va afzalliklari haqida umumiy tushunchalar berildi.

💼 Shuningdek, talabalarga amaliyot, stajirovka o‘tash uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kompaniyada faoliyat olib borishning afzal jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

🗣 Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

🎁 Tadbir so‘ngida eng faol ishtirokchilar kompaniya tomonidan maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.