"Laqqilar ligasi" atamasi bilan quvnoq va zukko yoshlar uchun liga tashkil qilindi.

  • Asosiy
  • "Laqqilar ligasi" atamasi bilan quvnoq va zukko yoshlar uchun liga tashkil qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi azaliy hazil sevar insonlar yurti ekanligidan barchamiz xabardormiz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ilk bor "Laqqilar ligasi" atamasi bilan quvnoq va zukko yoshlar uchun liga tashkil qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialidan "TATU" va "PARNAS" 2 jamoa ishtirok etdi. 30 ga yaqin jamoalar ishtorikada o‘tgan saralash o‘yinlari qizg‘in va teran hazillarga boy tarzda o‘tdi. Chorak finalga 16 ta jamoa tanlab olinib, "PARNAS" jamoasi ular qatoridan joy oldi.

Tadbir yakunida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali direktori B.T.Kaipbergenov filial nomidan qatnashgan talaba yoshlar bilan ushrashib, ularga munosib ishtirok va filial obro‘si uchun qilayotgan harakatlariga minnatdorchilik bildirib, keyngi o‘yinlarda omadlar tilab qoldi.