Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muxim kafolatidir. Sh.Mirziyoev

  • Asosiy
  • Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muxim kafolatidir. Sh.Mirziyoev

20 oktyabr kuni Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va “Bilim” axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Kutubxonachilik kasbi mening hayotimda” mavzusida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda “Bilim” AKM rahbari va xodimlari, TATU ARM rahbari va xodimlari, axborot kutubxona tizimlari kafedrasi mudiri, professor-o‘qituvchilari va shu yo‘nalishda tahsil oluvchi talabalar qatnashdi.

Tadbirni axborot kutubxona tizimlari kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi G‘anieva Barno Ilxamovna va ARM rahbari Muxamedova Malika ochib berdilar.

Shundan so‘ng “Bilim” AKM raxbari Karimova Hafiza Qo‘ldashevna ma’ruza qildi. Tadbir davomida axborot kutubxona tizimlari kafedrasi talabalari tomonidan ishlangan xujjatli film taqdimoti ham o‘tkazildi.