TUIT Cyber Games

🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kibersport turlariga yoshlarni keng jalb qilish maqsadida 2024-yil 22-23-may kunlari sovrin jamg‘armasi 75 mln so‘m bo‘lgan TUIT Cyber Games musobaqasini tashkil etmoqda.

🎮 "TUIT Bright Future Week" tanlovlar haftaligi doirasida tashkil etilayotgan mazkur musobaqa hozirgi vaqtda katta auditoriyaga ega bo‘lgan kibersportning Dota 2, CS 2 va PUBG Mobile turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🙋 Musobaqaning umumiy talablariga ko‘ra Dota 2, CS 2 musobaqasida qatnashish uchun jamoada 5 nafardan ishtirokchi (1 nafar zahira ishtirokchi) va PUBG Mobile musobaqasida qatnashish uchun esa jamoada 4 nafar ishtirokchi bo‘lishi talab etiladi.

®️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi muddat: 2024-yil 18-may.
🗓 Saralash bosqichi: 2024-yil 20-may.
🕒  Asosiy turnir: 2024 yil 23-24-may.

🗒 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola. https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfZXqehE1D4kHFZTwITYN7U8fzauc9Y0t-_1JjZL2bPiTJH6w/viewform

📞 Murojaat uchun telefon:  (33) 573-22-31 (9:00 dan 18:00 gacha)

✈️ TUIT Cyber Games Community guruhiga qo‘shilish: @tuit_cyber_games

Batafsil ma’lumotlar: https://youtu.be/pwnsA1Re3x0

 

TUIT Cyber Games
“TUIT CYBER GAMES” TURNIRI UMUMIY REGLAMENTI Yuklab olish
“TUIT CYBER GAMES” TURNIRI NIZOMI Yuklab olish