Kuni kecha, 7-may kuni Cyber Park, School 21 va ONESEC hamkorligida UZ_HACK_DAY — kiberxavfsizlik bo‘yicha yirik tadbir bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Kuni kecha, 7-may kuni Cyber Park, School 21 va ONESEC hamkorligida UZ_HACK_DAY — kiberxavfsizlik bo‘yicha yirik tadbir bo‘lib o‘tdi.


🗓 Kuni kecha, 7-may kuni Cyber Park, School 21 va ONESEC hamkorligida UZ_HACK_DAY — kiberxavfsizlik bo‘yicha yirik tadbir bo‘lib o‘tdi.

👥 Tadbir doirasida CTF (Capture The Flag) bo‘yicha yakkalik musobaqalar tashkil etildi. Unda Kiberxavfsizlik fakultetining quydagi talabalari musobaqa tashkilotchilari tomonidan tayyorlangan turli murakkablikdagi topshiriqlarni muvaffaqiyatli yechib, munosib ishtirok etdilar:
🔴Abdullayev Abduvaliy Sotvoldi o‘g‘li;
🔴Haydarov Farruxjon Bektosh o‘g‘li

🏆 Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, Abdullayev Abduvaliy Sotvoldi o‘g‘li umumiy ballar bo‘yicha 2-o‘rinni egallab, g‘oliblar qatoridan joy oldi.

🎁 G‘olib va faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari topshirildi.

👏 Talabalarimizga kelgusi musobaqalarda yanada yuqori natijalar va yangi cho‘qqilarni zabt etishlarini tilab qolamiz!