Kuni kecha, 27-iyun kuni Xitoyning Yangju universiteti delegatsiyasi TATUga hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida tashrif buyurishdi.

  • Asosiy
  • Kuni kecha, 27-iyun kuni Xitoyning Yangju universiteti delegatsiyasi TATUga hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida tashrif buyurishdi.

🗒 Ikki universitet vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda axborot muhandisligi, dasturiy injiniring, tadqiqot markazlari faoliyati bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirish imkoniyatlari muhokama etildi. Bir kamar - bir yo‘l tashabbusi bilan amalga oshirilishi kutilayotgan Xitoyga tashrif chog‘ida o‘zaro manfaatlarni ko‘zda tutgan anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.

➡️ Dunyo universitetlar ichida nufuzli QS va THE reytinglarida Top-400 o‘rindan joy olgan Yangju universitetining TATUdagi ilk tashrifi chog‘ida universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, so‘nggi ijobiy o‘zgarishlar va zamonaviy laboratoriyalar bilan tanishtirildi.