Kuni kecha, 25-iyul kuni O‘zbekiston va Turkiya davlatlari yetakchi korxona va tashkilotlari, ta’lim muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan, O‘zbekiston-Turkiya biznes forumi tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Kuni kecha, 25-iyul kuni O‘zbekiston va Turkiya davlatlari yetakchi korxona va tashkilotlari, ta’lim muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan, O‘zbekiston-Turkiya biznes forumi tashkil etildi.

Mazkur forumda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati ishtirok etib,  Turkiyaning yetakchi IT kompaniyalari bilan yangi istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘ydi.

📊 Forum davomida O‘zbekiston va Turkiya yetakchi biznes vakillari ishtirok etib, ular o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, MIA Teknoloji, Bilkent cyberpark va GaziTechnopark bilan TATU o‘rtasida muhokamalar bo‘lib o‘tdi, hamkorlik aloqalari o‘rnatildi va anglashuv memorandumlari imzolandi. Bunda, IT-loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish, IT bozoriga oid ma’lumotlar almashinuvi, o‘zaro manfaatlarini hisobga olgan holda xalqaro hamkorlik muhitini yaratish belgilab olindi.