Joriy yilning 15-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va taʼlim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash yuzasidan respublika maxsus komissiyasi tomonidan 2020-yil 16-martdan oʻqish toʻxtatilib, oʻquvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) taʼtilga chiqarilishi maʼlum qilindi.
16-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:
- universitetda 2020-yil 16-martdan eʼtiboran oʻqish toʻxtatilib, talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) taʼtilga chiqarildi;
- TATUda (prorektorlar, fakultet dekanlaridan iborat) shtab tuzildi va talabalarning taʼtilga chiqishi bilan bogʻliq tashkiliy ishlar muvofiqlashtirib boriladi;
- Respublikamizning turli hududlaridan kelgan talabalarning oʻz uylariga sogʻ-salomat yetib borishlari shtab tomonidan nazoratga olinadi hamda talabalar bilan doimiy aloqa oʻrnatiladi;
- professor-oʻqituvchilar xodimlar uchun ish haqi saqlanmagan qoʻshimcha taʼtil berilishi yoki mehnat taʼtilining kolgan kismidan keyinchalik foydalanish sharti bilan navbatdagi mehnat taʼtili beriladi;
- taʼlimning kredit tizimida tahsil oluvchi birinchi va ikkinchi bosqich talabalari uchun ham LMS tizimiga vazifalar yuklatilmaydi va tizimga vazifalar yuklanishidan oldin talabalarga eʼlon qilinadi;
- TATUga qoʻshni davlatlardan oʻqishlarini koʻchirmoqchi boʻlgan talabalar 1-apreldan boshlab xujjatlarni topshirishlari mumkin, hozircha TATUga qoʻshni davlatlardan oʻqishini koʻchirish boʻyicha ishlar vaqtinchalik muddatga toʻxtatildi;
Hurmatli talabalar, professor-oʻqituvchilar!
Vahima qilmasdan, xotirjamlikni saqlagan holda bugungi sinovli vaziyatdan chiqishni uniumaslik kerak. Buning uchun esa gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, qoʻlingizni tez-tez, yaxshilab sovunlab yuvib yurishni, qoʻlingiz bilan koʻzingiz va yuzingizni ishqalamasligizni tavsiya qilamiz!
TATU matbuot xizmati