Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Janubiy Koreyaning Kookmin universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida
“Ta’lim boshqaruvida Koreya tajribasi va raqamli iqtisodiyot” mavzusida bir haftalik trening tashkil etildi.
Trening davomida xorijiy mutaxassislar tomonidan quyidagi dolzarb mavzularda ma’ruzalar va interaktiv mashg‘ulotlar olib borildi:
• Kookmin universitetida ta’lim boshqaruvi tajribasi;
• Raqamli transformatsiya va davlat sektoridagi innovatsiyalar;
• Iqtisodiyot va ta’lim boshqaruvining kelajagi;
• Muammolarga innovatsion yondashuvlar.
👥Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar xalqaro tajriba asosida bilim va ko‘nikmalarini oshirib, zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar.
✅ Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
🚫Ma’lumot uchun:
Hozirda KOICA tashkiloti ko‘magida TATUda “Biznes IT ekotizimini yaratish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur trening aynan ushbu loyiha doirasida tashkil etildi.
🤩 Xalqaro hamkorlik — sifatli ta’lim va innovatsion rivojlanish garovi!



