Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasining KOOKMIN Universitetiga tashrif buyurdi
Tomonlar dastlab amaliy doirada uchrashib, KOICA agentligi grant mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning amalga oshirilish bosqichlari va qilinadigan ishlar haqida muhokama o‘tkazdilar. So‘ngra mehmonlarga KOOKMIN universitetida ta’lim va tadqiqotlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, innovatsiya va ishlab chiqarish zonalari tanishtirildi.
Amaliy muhokamalar doirasida TATUda tashkil etilishi kutilayotgan Living Lab (FabLab) konsepsiyasi asosidagi talabalarning innovatsion yechimlari, ishlanma (prototip) va xizmatlarini ishlab chiqarish va rivojlantirish laboratoriyasini tashkil etish haqida davom etdi.
Shundan so‘ng universitetda 700 kv.metr hududda tashkil etiluvchi mazkur laboratoriyaning talabalar startup loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy va global bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib turli mentorlik dasturlarini amalga oshirish, patent va venchur kapital bilan ishlash amaliyotini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashinildi.