Koreya Respublikasining Kookmin universiteti vitse-prezidenti PhD., Byoung Joon Kim, IT Biznesda boshqaruv axborot tizimlari fakulteti dekani PhD., Do-Hyung Park va Kookmin universitetining faxriy professori PhD., Jin W.Moklar rasmiy tashrif bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialida bo‘lishdi.

  • Asosiy
  • Koreya Respublikasining Kookmin universiteti vitse-prezidenti PhD., Byoung Joon Kim, IT Biznesda boshqaruv axborot tizimlari fakulteti dekani PhD., Do-Hyung Park va Kookmin universitetining faxriy professori PhD., Jin W.Moklar rasmiy tashrif bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialida bo‘lishdi.

Filial direktori N.Nasrullayev boshchiligida Kookmin universitetidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

👩🏻‍🎓 Ushbu tashrifning bosh maqsadi ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy masalalari, jumladan filial talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tashriflar doirasida ma’ruzalar, seminar-treninglar tashkil etish, qisqa muddatli amaliyot va stajirovkalar o‘tash o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

🙌 Tashrif davomida mehmonlar filialning o‘quv va ilmiy faoliyati, innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishib chiqdi. Ular filialda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlarini yuqori baholab, yosh mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.