TATUning yana 9 nafar professor-o‘qituvchisi Janubiy Koreyaga malaka oshirishga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942-sonli: “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish yuzasidan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 avgustdagi 08/1-350-sonli: “Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish hamda moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va modernizatsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” va 2017 yil 26 fevraldagi 191-F farmoyishi asosida 2017 yil 6 martdan 25 iyungacha bo‘lgan davrga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallaridan 9 nafar professor-o‘qituvchilar Hanyang, Chung-Ang, Seul milliy fan va texnologiyalar universitetiga yuborildi.