Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Global IT biznes taʼlim ekotizimini tashkil etish bo‘yicha byudjeti 5 million dollarlik loyihani amalga oshirish maqsadida KOOKMIN universitetining vitse-prezidenti Byoung Joon Kim boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.
✅Delegatsiyaning tashrifi davomida TATUda Global IT Biznes dasturini yo‘lga qo‘yish, Living Lab yondashuvi asosida IT biznesning sanoat-akademik hamkorlik dasturini kengaytirish, bo‘limni tashkil qilishdagi barcha vazifalarni o‘rganib chiqish hamda loyihaning to‘rtta komponentini belgilash rejalashtirilgan.
📌Tashkil etilgan uchrashuv delegatsiyaning TATU bilan ikki hafta davomida amalga oshiriladigan rejalarini kelishib olish va ustuvor vazifalarni belgilash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, Global IT biznes taʼlim ekotizimini yaratishda universitetlar o‘rtasida har qanday hamkorlik va yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomon tayyor ekanliklarini bildirishdi. So‘ngra delegatsiya a’zolari universitetda yaratilgan mavjud infrastruktura, Media markaz, Inkubatsiya markazi hamda labaratoriya xonalari bilan yaqindan tanishdi.