KOOKMIN universiteti Boshqaruv kengashi raisi Jiyong Kim bilan uchrashuv
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya KOOKMIN universiteti boshqaruvi raisi Jiyong Kim bilan uchrashdi. Boshqaruv raisi ikki universitet o'rtasida amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalariga alohida baho berib, bu har ikki mamlakat oliy ta'lim tizimining globallashuvi va xalqarolashuvi uchun qo'shilayotgan qimmatli hissa ekanligini ta'kidladi.
✅TATU rektori B.Maxkamov universitetlar o'rtasidagi hamkorlikni yangi amaliy bosqichga olib chiqish, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihaning muhimligiga alohida e'tibor qaratdi. Xususan, TATUda ta'lim, tadqiqot hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, mamlakat va global IT bozoriga yetuk kadrlarni yetishtirishda xorijiy tajriba va amaliyotni joriy qilish muhim ekanligini ta'kidladi. Bu borada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining doimiy qo'llab-quvvatloviga alohida e'tibor qaratdi.
✅Shundan so'ng tomonlar kelgusida universitetlar o'rtasidagi hamkorlikni amaliy jihatdan yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha takliflarni muhokama qildilar. Uchrashuv so'ngida universitet rektori B.Maxkamov KOOKMIN universiteti boshqaruvi raisi boshchiligidagi delegatsiyani o'zlari uchun qulay vaqtda TATUga tashrif buyurishlariga taklif etdi.