🏛Bugun, 28-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari ishtirokida "Konstitutsiyaviy islohotlar talaba-yoshlar muhokamasida" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
✅Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Joldasova Shahnoza Batirovna va Yoshlar parlamenti a’zolari yoshlarga Konstitutsiyamizni o‘zgartirishga doir takliflar, jarayonlar va tashkiliy masalalar bo‘yicha batafsil so‘zlab berishdi.
✅Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.