TATUda “Prezident saylovi – demokratik yangilanish va islohotlar ko’zgusi” mavzusida ma’naviyat darsi tashkil etildi

  • Asosiy
  • TATUda “Prezident saylovi – demokratik yangilanish va islohotlar ko’zgusi” mavzusida ma’naviyat darsi tashkil etildi
25 noyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 7 oktabrdagi 748-sonli qaori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko’rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yana yuksaltirish bo’yicha o’tkaziladigan tadbirlar dasturi”ga muvofiq, talaba-yoshlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining mazmun-mohiyatini tushuntirish, saylov qonunchiligini targ’ib qilish maqsadida “Prezident saylovi – demokratik yangilanish va islohotlar ko’zgusi” mavzusida ma’naviyat darsi tashkil etildi. Ushbu ma’naviyat soatida Gumanitar fanlar kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori G.J. Tulenova ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida saylov huquqi butun dunyoda umume’tirof etilgan eng muhim va konstitutsiyaviy huquqlardan biri ekanligi, erkin saylov huquqining amalga oshirilishi, erkin hamda chinakamiga ifoda etiladigan xalq irodasi hokimiyat va har qanday hukumat qonuniyligining asosi ekanligi, saylovlar hozirgi zamon demokratiyasining muhim instituti, xalq o’z hoxish irodasini ifoda etishi va siyosiy jarayonda, davlatni boshqarishda ishtirok qilishining asosiy shallaridan biri ekanligi haqida tushunchalar berildi. Ma’naviyat darsi yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savvollarga javoblar olishdi.