Hurmatli kasbdoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Toshkent sh., 100202, Amir Temur ko‘chasi, 108

Ikkinchi axborot xati!

Sizlarni 2018 yil 17-18 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Matematik modellashtirish, algoritmlash va dasturlashning dolzarb muammolari” mavzusidagi chet el olimlari ishtirokidagi Respublika konferensiyasida ishtirok etishga taklif etamiz.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad olimlarning ilmiy tadqiqotlarini birlashtirish, bir qator zamonaviy ilm muammolarini yechish tajribalari bilan almashuv, hamda bu tajribalarni yosh olimlarga ulashish.

Konferensiya tematikasi:

  1. Tutash muhitlar mexanikasi masalalarini yechishni algoritmlash
  2. Ijtimoiy-iqtisodiy muhitlarda algoritmlash
  3. Murakkab tizimlarni modellashtirish
  4. Ma’lumotlarning intellektual tahlili va qabul qilishning zamonaviy usullari
  5. Ma’lumotlarga raqamli ishlov berishning zamonaviy usullari
  6. Elektron xukumat va kiber-xavfsizlik

Maqolalarning o‘zbek, rus, va ingliz tillaridagi to‘liq matni 20.08.2018 yilgacha qabul qilinadi. Maqolalarning elektron shakli conf2018tuit@gmail.com elektron manzil orqali qabul qilinadi.

Maqolalarning to‘liq matni to‘plamda, hamda O‘zR OAK jurnallarida chop etilishi rejalashtirilmoqda.

Maqolalarni shakllantirish bo‘yicha talabnoma: Maqola matni hajmi 4-6 bet, Word matn muharririda yoziladi. Formulalar Microsoft Equation formulalar muharririda bajarilishi kerak. Sahifa o‘lchamlari: tepadan - 2 sm, pastdan - 2 sm, o‘ngdan - 2,5 sm, chapdan - 2,5 sm. Shrift: Times New Roman, (12-kegl), 1 interval:.

Maqola nomi katta va qalin harflar bilan o‘rtadan yoziladi (14-kegl), quyida kichik va qalin harflar bilan muallifning familiya, ism, sharifi (12-kegl), keyingi qatordan qiya holda ish (o‘qish) joyining nomi (12- kegl). Bitta qator tashlab maqolaning qisqacha mazmuni, kalit so‘zlar keltiriladi.

Rasmlar va jadvallar o‘rtadan qo‘yilishi kerak va ularning o‘lchamlaribelgilangan sahifa o‘lchamlaridan oshib ketmasligi kerak; jadval nomi va raqami – o‘rtadan; rasmlar (sxemalar, grafiklar) – bitta rasm sifatida (rasmlarning, sxemalarning va grafiklarning barcha elementlarini guruhlash), nomlar va rasm ostidagi yozuvlar – rasmdan keyin (sxemalar, grafiklar) o‘rtadan yoziladi.

Foydalanilgan adabiyotlarga ssыlkalar matnda to‘rtburchak qavs ichida raqamda beriladi. Matn mukammal tahrirlangan bo‘lishi kerak.

Adabiyotlar ro‘yxatidan so‘ng muallif haqida ma’lumotlarni berish kerak:

- muallif nomi (ism, sharif va familiya);

- ilmiy unvon, ilmiy daraja;

- lavozim;

- ish joyi (tashkilot yoki muassasa nomi, mamlakat nomi (xorijiy mualliflar uchun)).

UDK raqami albatta ko‘rsatilishi shart.

Fayl birinchi muallif nomi bilan mos holda nomlanishi kerak.

To‘lov turi: konferensiyaning har bir ishtirokchisi uchun to‘lov shakli 50000 so‘mni tashkil etadi. To‘lov konferensiya materialini chop etishni o‘z ichiga oladi.

Bizning rekvizitlar:

Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)

Toshkent sh., A.Temur ko‘chasi – 108

OPЕRU Kaznacheystvo O‘zR Iqtisod vazirligi

x/r: 23402000300100001010

INN: 201122919

XKKM Markaziy bank

sh/r: 400110860262667950100078001

MFO: 00014, INN: 201059323, OKONX: 92110

Maqolani konferensiyada chop etish uchun deb ko‘rsatish shart!

Tashkiliy qo‘mita talabga javob bermaydigan yoki muddatidan kech kelgan maqolalarni chop etmaslik huquqiga ega.

Tashkiliy qo‘mita raisi – TATU rektori - Tulkin Zakirovich Teshabayev.

Rais o‘rinbosari: ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor – B.Usmonov, akademik T.F.Bekmuratov, professor R.Xamdamov.

O‘tkazish muddati: 17-18 sentyabr 2018 y.

O‘tkazish joyi: Tashkent sh., Amir Temur ko‘chasi 108, TATU.

Murojaat uchun: F.Nuraliyev 238-65-28, K.Tashev 238-64-13, E.Nazirova 238-65-99.