2018 yilning 25 yanvar kuni “Yoshlar bilan muloqot: muammo va yechimlar” (#Meeting_with_ youth) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Konferensiyaning maqsadi:
Yoshlar muammolarining sabablarini tadqiq etish, ularni bartaraf etishning ilmiy-amaliy yechimlarini ishlab chiqish, shuningdek, bu borada olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini yanada takomillashtirishdan iborat.
Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga talablar:
- ilmiy maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlillarga tayanib tayyorlangan, tugallangan fikr hamda tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
- ilmiy maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida hamda maqola yozilgan tildan o‘zga tillarda kalit so‘zlari va rezyume keltirish bilan taqdim etiladi;
- taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo‘yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi.
Ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1,5 sm. joy qoldirib, bir nusxada rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilib, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning ismi va otasining ismini bosh harflari hamda familiyasi yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot (ish yoki o‘qish joyi) va davlat (shahar) nomi ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi.
Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida bo‘lishi va 5 betdan oshmasligi kerak. Maqolalar bir nusxa qog‘ozda va elektron shaklda 2018 yil 20 yanvarga qadar quyidagi manzilga taqdim etiladi.
Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, Ma’muriy hudud binosi 60-uy,6 qavat 602-xona. Elektron manzil: respublika-yosholim@umail.uz Tel (+99897)7660336, (+99890)151 93 39
Batafsil ma’lumotlarni www.yoshlarittifoqi.uz saytidan olish mumkin.