13 dekabr kuni TATU “Gumanitar fanlar” kafedrasi boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari, magistratura va bakalavr bosqichi talabalari hamda 2-son akademik letsey o‘quvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada 26 nafar talabalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tarixiy rivojlanish bosqichlari, yaratilishi, huquqiy asoslari va o‘ziga xos xususiyatlari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs, davlat hokimiyatining tashkil etilishi va Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi.
- “Eng yaxshi sharh va tahlilchi” -316-16 Q.Musayev;
- “Eng yaxshi taqdimotchi”- 694-16 X.E.Boysunova;
- “Eng dolzarb muammo sharhlovchisi”- 694-15 L.Shomaliyeva;
- “Konstitutsiya tarixi bilimdoni”-716-17 A.Marinova;
- “Eng faol ishtirokchi”- 694-16 X.D.Davronov;
- “Eng yaxshi targ‘ibotchi”-651-17 M.O.Usmonjonov;
- “Inson huquqlari va erkinliklarining himoyachisi”- 310-16 A.Normo‘minov;
- “Konstitutsiya va hayot uzviyligi sharhlovchisi”- 651-17 Sh.Abdusamatova;
- “Huquqiy bilimlar sohibi”- S-11 M.Mo‘minov;
- “Yoshlar muammolarining konstitutsiyaviy sharhlovchisi”- 694-15 guruh talabasi A.Sobirovalarga berildi.