
Ushbu seminar sun’iy intellekt yo‘nalishida ilg‘or tajribalarni muhokama qilish, sohaga oid so‘nggi ilmiy va texnologik yutuqlarni o‘rganish hamda ilmiy va amaliy ishlanmalar bilan ishlashga qaratilgan. Seminar doirasida sohaning dolzarb muammolari va ularning yechimlari bo‘yicha ilmiy munozaralar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
🔴Shuningdek, loyiha doirasida TATU bilan hamkorlikda so‘nggi yetti oy davomida Scopus va WoS bazalarida indekslangan Q1 va Q2 kvartalli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan 10 dan ortiq maqolalar taqdimoti ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
📝 Ma’lumot uchun: Gachon univeristeti Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lib, THE va ARWU xalqaro reytinglarda TOP 600~800 talikda qayd etilgan.