Kompyuter injiniringi va Radio va mobil aloqa fakulteti talabalari uchun maxsus amaliy tashrif tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Kompyuter injiniringi va Radio va mobil aloqa fakulteti talabalari uchun maxsus amaliy tashrif tashkil etildi.


Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda “Uzbekistan airways technics” MCHJ kompaniyasi hamkorlikda, talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularning tajribalarini boyitish, real ish muhitida amaliy bilimlarga ega bo‘lish va stajirovka o‘tashlariga imkon yaratish maqsadida, Dasturiy injiniring, Kompyuter injiniringi va Radio va mobil aloqa fakulteti talabalari uchun maxsus amaliy tashrif tashkil etildi.

Bunda talabalar “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ kompaniyasi faoliyati, mutaxassislar uchun yaratilgan sharoitlar, ish jarayonining tashkil etilishi, mavjud bo‘limlar hamda soha mutaxassislari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, korxonadagi jamoaviy ish muhiti, zamonaviy aviatsiya texnologiyalari, samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda yuqori malakali mutaxassislar faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bu esa talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelgusida ishga joylashishga tayyorgarligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif davomida, kompaniyaning ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislari tomonidan talabalarga samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish bosqichlari, ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy uskunalar va innovatsion yechimlar haqida batafsil tushunchalar berildi. Shu bilan birga, samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis Fayzulla Gulmirzayev tomonidan kompaniyada amaliyot/stajirovka jarayonlarida ishtirok etish va ishga kirishda kerak bo‘ladigan muhim ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🤗 Bizni kuzatishda davom eting!