Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining "Kompyuter injiniringi" fakultetida 400 o‘ringa mo‘ljallangan yangi talabalar turar joyi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🎤 Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ochib berib, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
🎉 Shuningdek, TATU rektori Baxtiyor Maxkamov hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Aziz Nasimovlar so‘zga chiqib o‘z ezgu tilaklarini bildirishdi. Shundan so‘ng rahbarlar bochligida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.