
Olimpiadada nafaqat universitet talabalari, balki maktab o‘quvchilari ham ishtirok etish istagini bildirib, arizalar topshirdi. Umumiy hisobda 20 dan ortiq ishtirokchi o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. Bellashuvlar yuqori saviyada, ilmiy va do‘stona muhitda tashkil etildi.
G‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1️⃣ Abduqodirov Javohir Nodirbek o‘g‘li — Televizion texnologiyalar fakulteti, 513-22-guruh talabasi;
2️⃣ Abdug‘aniyev Akmal Bahrom o‘g‘li — Televizion texnologiyalar fakulteti, 513-22-guruh talabasi;
3️⃣ Xasanov Abdulloh Dilmurodjon o‘g‘li — Televizion texnologiyalar fakulteti, 513-22-guruh talabasi.
✅ Tadbirda faxriy mehmonlar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zbekkosmos” agentligi Yangi texnologiyalar va loyihalarni tadbiq etish bo‘limining I-toifali mutaxassisi Odilov Mirazim Mirsodiq o‘g‘li hamda “Telekom Soft” kompaniyasining yetakchi mutaxassislari — Ergashboyev Jasurbek va Omonov Shahzod ishtirok etdilar.
🎓 Olimpiada tantanali tarzda yakunlandi. G‘oliblar va barcha ishtirokchilar universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sultanov Djamshid Baxodirovich tomonidan diplomlar, esdalik sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
📝 Bunday intellektual musobaqalar yoshlarda fan va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularni izlanish va yangilik sari ilhomlantiradi. Tadbir tashkilotchilariga, ustozlarga va barcha ishtirokchilarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!