TATU vakillari KOICA tomonidan tashkil etiladigan uchrashuvda ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi

  • Asosiy
  • TATU vakillari KOICA tomonidan tashkil etiladigan uchrashuvda ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari tashrifi cho'gida 2019-yil 14-23 oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan tashkil etiladigan uchrashuvda Koreya Respublikasida joylashgan dunyoning yetuk universitetlari vakillari bilan ta’limning kredit tizimini joriy etish tajribalari muhokma qilish rejalashtirilgan.



Shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida amalga oshirilayotgan “Integrallashgan axborot tizimi” loyihasi doirasida joriy etilishi rejalashtirilgan ta’limni boshqarish dasturiy ta’minoti bilan tanishish maqsadida, tashrif davomida Koreya ta’lim va tadqiqot axborot xizmati markazi, Pohang fan va texnologiyalar universiteti, Kyunghi universiteti, Samsung elektronika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ta’limni boshqarish tizimiga oid dasturiy maxsulotlar bilan tanishiladi.

TATU matbuot xizmati