KOICA TATU talabalarining akademik o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi

  • Asosiy
  • KOICA TATU talabalarining akademik o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi

2025-yil 28-fevral kuni TATUning uch nafar iqtidorli talabalaridan iborat guruh KOICA loyihasida grant yutib, Janubiy Koreyaga akademik sayohatga otlanishdi. Ular Kookmin universitetida “O‘zbekistonda oliy ta’limni yaxshilash uchun Toshkent axborot texnologiyalari universitetida innovatsion IT-biznes yo‘nalishini tashkil etish loyihasi” doirasida magistratura va Phdda tahsil oladi. KOICA O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori o‘rinbosari Ms. Park Seolri talabalarni ezgu tilaklar bilan kuzatdi va yangi olgan bilim, ko‘nikmalari bilan O‘zbekistonga qaytishlariga umid bildirdi.