


KOICA AT ta’lim ekotizimini rivojlantirish uchun 14 million AQSh dollari grant ajratdi
🏷Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan umumiy qiymati 14 million AQSh dollariga teng “O‘zbekistonda AT ta’lim ekotizimini takomillashtirish orqali yoshlarning bandlik va tadbirkorlik salohiyatini oshirish” loyihasi amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida:
➡ Yoshlar sun’iy intellekt, prompt muhandisligi, dasturlash, narsalar interneti va onlayn marketing kabi zamonaviy AT yo‘nalishlarida 4 yil davomida tizimli o‘qitiladi;
➡500 nafar AT mutaxassislari va o‘qituvchilarning malakasi oshiriladi;
➡Koreyalik yetakchi ekspertlar ishtirokida startap inkubatsiya dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
➡Shuningdek, Loyiha 2026–2032-yillar davomida Nukus va Qarshi shaharlarida 2 ta zamonaviy AT-hab tashkil etiladi va 7 ta tumanda 14 ta AT markaz qurilib, jihozlanadi.
💻 Mazkur loyiha ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlar bandligini oshirish, innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatning raqamli kelajagini mustahkamlashga xizmat qiladi.
__