oriy yilning 11-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Janubiy Koreyaning KOOKMIN universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Biznes IT” loyihasi doirasida e’lon qilingan magistratura va PhD uchun grant dasturiga xujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Suhbat TATU, KOOKMIN universiteti hamda KOICA agentligining mas’ul vakillari tomonidan o‘tkazildi.
✅ Suhbat natijasi nomzodlarning taqdim etgan xujjatlari va suhbat natijalariga qarab komissiya a’zolari tomonidan e’lon qilinadi.
📄 Ma’lumot uchun: Grant g‘oliblari uchun o‘qish to‘lovi, yotoqxona, ikki tomonga aviachiptalar, tibbiy sug‘urta xarajatlari to‘liq qoplab beriladi va joriy yilning sentabr oyidan KOOKMIN universitetda tahsil olishni boshlaydilar.