“Integrallashtirilgan axborot tizimi” loyihasi bo‘yicha KOICA delegatsiyasining tashrifi

  • Asosiy
  • “Integrallashtirilgan axborot tizimi” loyihasi bo‘yicha KOICA delegatsiyasining tashrifi

17 oktyabr kuni O‘zbekistondagi KOICA ofisi direktori boshchiligidagi delegatsiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Janubiy Koreya hukumati tomonidan TATUda “Integrallashtirilgan axborot tizimi” loyihasini amalga oshirilishi tasdiqlanganligi va 2018 yilda KOICA tashkiloti tomonidan loyihani bajarilishi haqida ma’lumot berildi.

Jumladan, noyabr oyida KOICA tashkiloti tomonidan ishchi guruh tashrifi, universitetda loyihani amalga oshirish bosqichlari va loyiha Shartnomasini imzolanishiga kelishib olindi.

Ushbu loyihadan kutilayotgan natijalar:

  1. Universitetni AKT infrastrukturasini modernizatsiya qilishda innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish va yagona integrallashtirilgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  2. Elektron kutubxona tizimini tadbiq etish;
  3. Elektron ta’lim tizimini tadbiq etish;
  4. Yuqorida keltirilgan tizimlardan foydalanish bo‘yicha universitet vakillarini Koreyaga stajirovkaga yuborish.

Loyihani amalga oshirish uchun KOICA tashkiloti tomonidan 3 mln. AQSh dollari sarmoya kiritilishi belgilangan.