Xorij bilan hamkorlik natijalari

  • Asosiy
  • Xorij bilan hamkorlik natijalari

XORIJ BILAN HAMKORLIK NATIJALARI

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 62 ga yaqin hamkorlik Shartnomasi, Kelishuv va Memorandumlari asosida 25 davlatning (Janubiy Koreya, Rossiya, Malayziya, Belgiya, Niderlandiya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya, Astriya, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya) 42 ta universiteti, 8 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, 12 tashkilot va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarni o‘rnatgan. 2014-2016 yillarda universitetning jami 94 nafar professor-o‘qituvchilari Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlari malaka oshirish kurslarida malakalarini oshirib, orttirilgan tajriba, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini ta’lim jarayoniga joriy etishda faol ishtirok etishmoqda. Bundan tashqari, universitet tomonidan so‘nggi yillarda 25 nafar talaba magistraturaga hamda 5 nafar o‘qituvchilar doktoranturaga o‘qishga yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2013 yil 26 martdagi PQ-1942-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Janubiy Koreyaning KAIST, Inxa, Kung-Xi, Chung-Ang, Seultex Sungshil va Seul milliy universitetlari bilan yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirgan holda joriy yil 4 iyulda boshlangan malaka oshirish kursini olib borish uchun Janubiy Koreya Sungshil universitetining 3 nafar professorlari: Yu Kvang Bok, Li Kang Hi va Cho Munlar TATU tashrif buyurishgan hamda ushbu xorijiy mutaxassislar ishtirokida malaka oshirish kurslari amalga oshirilmoqda. Malaka oshirish kurslari 6 ta fandan iborat bo‘lib, kompyuter injiniring, dasturiy injiniring, telekommunikatsiya texnologiyalari va AKT sohasida iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlarini qamrab oladi. O‘quv kurslari to‘liq ingliz tilida olib borilib, xorijiy mutaxassislar tomonidan o‘quv materiallari bilan ta’minlanadi. malaka oshirish kurslarida TATU va uning hududiy filiallaridan 60 nafar profssor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqdalar. Malaka oshirish kurslari 28 iyulga qadar davom etadi.

TATU va Koreya transport milliy universitetidan (KNUT) o‘rtasida tuzilgan anglashuv memorandumiga asosan, 4-14 iyul kunlari 11 kishidan iborat (2 nafar professor rahbarligida 9 nafar talaba) volontyorlar delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida volontyorlar tomonidan talabalar uchun Android operatsion tizimida ishlovchi mobil ilovalar yaratish mavzulariga oid trening kurslari tashkil etildi. Ushbu trening kurslarida TATU, Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda TATU qoshidagi akademik letsey o‘quvchilaridan iborat 30 nafar talabalar qatnashdilar. Trening kursi bepul bo‘lib, qatnashuvchilar kurs so‘ngida sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Koreya milliy axborot agentligi (NIA) o‘rtasida imzolangan Anglashuv Memorandumiga asosan, 7 iyul kuni Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlari talabalaridan iborat 8 nafar ko‘ngillilar (volonterlar) universitetga tashrif buyurdi. Ular tomonidan TATU talabalari uchun Dasturiy injiniring yo‘nalishida o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazish va dasturiy ishlanmalarni yaratish bo‘yicha trening mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ushbu trening mashg‘ulotlari 28 iyulga qadar davom etadi.

TATU va Janubiy Koreyaning Seul milliy ilm-fan va texnologiyalar universiteti (SNUST) o‘rtasida tuzilgan Anglashuv Memorandumiga asosan, universitetga tashrif buyurgan 6 nafar professorlar tomonidan joriy yilning 13-14 iyul kunlari TATU pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida malaka oshirayotgan professor-o‘qituvchilarga AKTga oid mavzularda seminarlar o‘tkazilmoqda. Seminarlar volontyorlik asosida tashkil etildi.

Janubiy Koreyaning Unist (Ulsan milliy ilm-fan va texnologiyalar instituti) va TATU o‘rtasida tuzilgan Anglashuv Memorandumi va Unist tomonidan qilingan murojaat xatiga asosan, joriy yilning 4-25 avgust kunlari 18 nafar (16 nafar talaba va 2 nafar professor) ko‘ngillilar ishtirokida TATUda AKT yo‘nalishida trening kursini o‘tkazish rejalashtirilgan. Tashrif buyuruvchilar 2 guruhga bo‘lingan holda TATU talabalari (20 nafar) va TATU qoshidagi akademik litsey va kollej talabalariga (20 nafar) mobil ilovalarini yaratish, C++da dasturlash va veb mahsulotlarini yaratishga oid trening kurslarini o‘tish istagini bildirmoqdalar.