Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari Erasmus+ KA107 Staff Mobility dasturi bo‘yicha Avstriya davlatining Klagenfurt universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan asosiy maqsad universitetlar o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarni bajarilishi va yangi kelishuvlar tuzishdan iborat.
Shuningdek, Polsha davlatining Gdansk politexnika universiteti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda umumiy qo‘shma loyiha tayyorlash kelishib olinib, birlamchi fikrlar o‘rganib chiqildi.