![]() |
![]() |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, t.f.d. Saida Safibullayevna Beknaxarova Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tgan “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi” — KIWIE-2026 xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
KIWIE — dunyoning turli mamlakatlaridan xotin-qiz ixtirochi va innovatorlarni birlashtiruvchi nufuzli xalqaro tanlovlardan biri bo‘lib, unda zamonaviy ilmiy-texnik ishlanmalar va innovatsion g‘oyalar xalqaro ekspertlar tomonidan baholanadi.
Tanlovning rasmiy natijalariga ko‘ra https://kiwie.or.kr/eng/, professor Saida Beknazarova tomonidan taqdim etilgan “The program for geometric modeling of kidney function in medical research” innovatsion ishlanmasi 🥇Oltin medal bilan taqdirlandi.

