Joriy yilning 15-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” nomli tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, O‘zbekiston “Veteran” Jangchi-faxriy va nogironlari birlamshasi Yunusobod tumani bo‘limi aʼzolari hamda O‘zR Mudofaa vazirligi 71186 harbiy qism qo‘mondonligi ofitser va askarlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Marat Hakimov, 71186 harbiy qism askarlarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda O‘zbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutining iqtidorli talabalari va Yunusobod tumanidagi 96-sonli umumtaʼlim maktabi faol o‘quvchilarining chiqishlari bayram muhitiga yana-da zavq bag‘ishladi.
TATU matbuot xizmati