Bugun, 26-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga «Kiberxavfsizlik» markazi direktori Mirzayev Olimjon Nomazovich tashrif buyurdi.
✅TATUning muzokaralar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida "Kiberhujumlarni aniqlash va ularga qarshi himoya bо’yicha" laboratoriya markazi haqida gapirib o‘tildi. Laboratoriyaning ochilishidan asosiy maqsad – axborot aktivlarini himoya qilish hamda ularga ruxsatsiz kirish, yо’q qilish yoki о’g‘irlashlarni oldini olish hamda chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.