Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet dekani, dekan muovinlari, tyutorlar hamda professor-o‘qituvchilardan t.f.n., dots. A.A. Ganiyev ishtirok etdi.

  • Asosiy
  • Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet dekani, dekan muovinlari, tyutorlar hamda professor-o‘qituvchilardan t.f.n., dots. A.A. Ganiyev ishtirok etdi.

Joriy yilning 17-fevral kuni 4-talabalar yotoqxonasida Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet dekani, dekan muovinlari, tyutorlar hamda professor-o‘qituvchilardan t.f.n., dots. A.A. Ganiyev ishtirok etdi.

✅ Davra suhbatida talaba-yoshlar orasida vatanparvarlikni shakllantirish, ularning yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissini kuchaytirish hamda kiberxavfsizlik sohasida mas’uliyatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan bir qatorda, so‘zga chiqqanlar, vatanparvarlik hissini shakllantirishda yoshlarning raqamli makondagi faolligi va axborot xurujlariga nisbatan hushyorligi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

📝 Mazkur davra suhbatida talabalar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

✈️@tuituz_official