KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA SEMINAR-TRENING
🏛 Oliygoh kubogi doirasida o‘tkazilayotgan CTF musobaqasi bilan birgalikda kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar-trening tashkil etilmoqda.
💻 Kiberxavfsizlik sohasida bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirishni istagan barcha ishtirokchilar uchun xalqaro va mahalliy tajribaga ega mutaxassislar o‘z bilim va tajribalarini ulashadi.
🎤 Tadbirda:
• OneSec kompaniyasidan Ravshan Rixsiyev — “The art of Reverse Engineering”;
• Turansecurity kompaniyasi mutaxassislari — “Web tizimlar xavfsizligi” (workshop);
• Kiberxavfsizlik markazi DUKdan Raxmonqulova Mashhura — “Zamonaviy tahdidlardan himoyalanish: qanday qilib hack bo‘lib qolmaslik”;
• DataGaze kompaniyasidan Nabijonov Azamjon — “Kiberxavfsizlik bu faqat ’HACKER’ lik emas”;
• Updive kompaniyasidan Nurullayev Xushvaqt — “Security Monitoring & SIEM Fundamentals”.
🗓 Sana: 30-mart
⏲ Vaqt: 14:00
📍 Manzil: A bino, 3-qavat, faollar zali
🛡 Kiberxavfsizlik olamiga bir qadam yaqinlashing!