Kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar-trening

  • Asosiy
  • Kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar-trening

 Kiberxavfsizlik sohasiga qiziqadigan talaba va professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etilmoqda.

Seminarda singapurlik kiberxavfsizlik mutaxassislari — Yoon Yik hamda Donavan ishtirok etib, sohaga qiziquvchilar uchun dolzarb mavzularda trening o‘tkazadilar hamda savollarga javob beradilar.

Yoon Yik:
Nanyang Technological Universityning Axborot xavfsizligi va maxfiylik laboratoriyasida xavfsizlik tadqiqotchisi.
 Raqamli kriminalistika
 Insidentlarga javob berish (Incident Response)
 Tahdid razvedkasi (Threat Intelligence)

Shuningdek, u universitetining CTF jamoasi asoschisi va sardori, hamda Singapurning kiberxavfsizlik hamjamiyati — Division Zero tashkilotida volontyor sifatida faoliyat yuritadi.

 Donavan:
Thales Group kompaniyasida kiberxavfsizlik bo‘yicha konsultant.
 Post-kvant kriptografiyasi
 Tahdid modeli (Threat Modeling)
 Hujumkor xavfsizlik (Offensive Security)

8 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, xalqaro va mahalliy “xakerlik” musobaqalari uchun topshiriqlar yaratishda yetakchilardan biri hisoblanadi.

Muhokama mavzulari:
 Kiberxavfsizlik sohasida “yaxshi” mutaxassis degani nimani anglatadi?
 O‘zingizga mos yo‘nalishni qanday aniqlash mumkin?
 Xalqaro darajada karyerani qanday rejalashtirish kerak?

 Sana: 24-fevral
 Vaqt: 11:00
 Manzil: A 318-xona

 Kiberxavfsizlik olamiga bir qadam yaqinlashing!