Diqqat! Raqamli texnologiyalar sohasida “Oliygoh kubogi” musobaqalari doirasida “Kiberxavfsizlik bo‘yicha CTF olimpiadasi” bo‘lib o‘tadi.

  • Asosiy
  • Diqqat! Raqamli texnologiyalar sohasida “Oliygoh kubogi” musobaqalari doirasida “Kiberxavfsizlik bo‘yicha CTF olimpiadasi” bo‘lib o‘tadi.

Sovrin jamg‘armasi 100 million so‘m bo‘lgan “Oliygoh kubogi” doirasida tashkil etilayotgan "Kiberxavfsizlik" yo‘nalishidagi musobaqada g‘olib bo‘lib Universitetning CTF terma jamoasiga a’zo bo‘lishni xohlaysizmi? Unda ushbu musobaqada o‘z bilimingizni sinab ko‘ring!

 Musobaqada TATUning bakalavr hamda magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin.

 Musobaqa jamoaviy shaklda o‘tkaziladi va har bir jamoa 3 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lishi talab etiladi.

 15-mart kuniga qadar ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
 18-mart kuni onlayn saralash bosqichi maxsus tizim orqali o‘tkaziladi.
 Saralash natijalariga ko‘ra eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP 15 ta jamoa final bosqichiga yo‘l oladi.
 31-mart kuni TATU, E bino 102-xonada final bosqichi oflayn shaklda bo‘lib o‘tadi.

 Final bosqichida 3 ta g‘olib jamoa (9 nafar talaba) aniqlanadi.

 Qimmatbaho sovrinlarga ega bo‘ling va universitetning
CTF terma jamoasiga qo‘shilish imkoniyatini qo‘lga kiriting!

Eslatma: Roʻyxatdan oʻtgan jamoalarga musobaqa uchun ajratilgan login va parol hamda musobaqa o‘tkaziladigan platforma haqida ma’lumotlar jamoa sardorining ko‘rsatilgan aloqa manziliga yuboriladi.

Xakatonda "Cyberkent 3.0" musobaqasining "Red team" va "Blue team" yo‘nalishidagi 20 ta jamoa finalchilari hamda “Cyber Guard CUP 2025” musobaqasida eng kuchli 3 talikka kirgan jamoa a’zolari ishtirok eta olmaydi!

So‘rov anketasini to‘ldiring va ro‘yxatdan o‘ting:


 Ro‘yxatdan o‘tish

🤝 Qaroringizni ortga surmang, bugunoq o‘z arizangizni yuboring!

🤙 Murojaat uchun: D bino 201-xona
Allanov Orif +998 (93) 009-10-09

💬 Savollar yuzasidan admin bilan bog‘lanish
https://t.me/TUIT_CTF

👉 Batafsil
https://t.me/TUIT_CTF