📣Bugun soat 11:00 da “Rektor kubogi” musobaqalari doirasida Kiberxavfsizlik bo‘yicha CTF olimpiadasiga start berildi!

  • Asosiy
  • 📣Bugun soat 11:00 da “Rektor kubogi” musobaqalari doirasida Kiberxavfsizlik bo‘yicha CTF olimpiadasiga start berildi!

Musobaqada 120 ga yaqin talabalar ishtirok etmoqda.

👥 Musobaqa oldidan ishtirokchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda TATU rektori Baxtiyor Maxkamov so‘zga chiqib, “Rektor kubogi” tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilganini ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, u tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib, ishtirokchilarga omad tiladi.

🔐 Musobaqa turli sohalarni qamrab olgan bo‘lib, topshiriqlar “Kiberxavfsizlik” fakulteti o‘qituvchilari va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutaxassislari tomonidan tuzilgan. Shuningdek, musobaqani dasturiy-texnik qo‘llab-quvvatlash va adolatli o‘tishini ta’minlash uchun markaz mutaxassislari jalb qilindi.

🏆 G‘oliblarni pul mukofotlari, sertifikatlar va esdalik sovg‘alar kutmoqda!