"Kibertahdidlarga birgalikda qarshi kurashish davr talabi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

  • Asosiy
  • "Kibertahdidlarga birgalikda qarshi kurashish davr talabi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari bilan "Kibertahdidlarga birgalikda qarshi kurashish davr talabi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

🏛Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi Sadikov Saidkamol Babayevich va IIB mas’ul xodimi Sultonov Muxsinjon Muqimovich o‘zlarini nutq so‘zlari va taqdimotlari bilan qatnashib, ishtirokchilar o‘rtasida fikr-mulohazalar almashinildi.

✅Maqsad, talaba-yoshlarni kibertahdidlardan himoyalash va ular o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, internetdagi tahdidlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha kompleks targ‘ibot chora-tadbirlarining mazmuni va mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.