Bugun, Universitetimizda tashkil etilgan "JOB FAIR-2025" mehnat yarmarkasi doirasida “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan bitiruvchi bosqich talabalar uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Bugun, Universitetimizda tashkil etilgan "JOB FAIR-2025" mehnat yarmarkasi doirasida “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan bitiruvchi bosqich talabalar uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminar-trening davomida, Davlatimiz Rahbarining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-61-son qarorida belgilangan vazifalar, bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida "O‘zmilliybank" AJ tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

🗣 Tadbir davomida yarmarkaga tashrif buyurgan kompaniyalarning qiziqarli mavzularda taqdimotlari bo‘lib o‘tdi hamda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.