
🔬 Ilm-fan va innovatsiyalarni o‘zida mujassam etgan yirik ilmiy platforma!
Yosh olimlar, ixtirochilar va tadqiqotchilar uchun ajoyib imkoniyat! “Kelajak texnologiyalari” ilmiy-innovatsion texnologiyalar bo‘yicha talabalar, magistrlar va doktorantlarning ishlanmalari ko‘rgazmasi o‘z g‘oyalaringizni namoyish etish, tajriba almashish va ilmiy va amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun mo‘ljallangan.
📌Ko‘rgazmada quyidagilar namoyish etiladi:
- Eng yaxshi qurilma (apparat) yechimi;
- Kompyuter grafikasi yoki kompyuter o‘yinlari;
- Sun’iy intellekt texnologiyalari;
- Komunikatsiya tizimlariga asoslangan texnologiyalar;
- Ta’lim texnologiyalari;
- Robototexnika (Energetika, Transport qurilishi va b.) mobil ilovalar;
- Eng yaxshi dasturiy ishlanma;
- Kiberxavfsizlik texnologiyalari.
👨 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
- Talabalar
- Magistrlar
- Doktorantlar
🔬 Baholash me’zoni
Loyihalarni baholash musobaqa komissiya aʼzolari tomonidan quyidagi baholash mezonlariga asosan amalga oshiriladi.
№ |
Baholash mezonlari |
Balgacha |
1 |
Tashqi koʻrinish (interfeys va dizayn) |
25 balgacha |
2 |
Funksionallik |
25 balgacha |
3 |
Qulaylik |
15 balgacha |
4 |
Tugallanganlik |
15 balgacha |
5 |
Dolzarblik |
20 balgacha |
Jami: |
100 |
Ko‘rgazmada ishtirokchilari orasidan quyidagi 8 ta nominatsiyalar bo‘yicha 1 o‘rin g‘oliblarini hamda eng faol 3 ta ishtirokchi taqdirlanadi.
- Eng yaxshi qurilma (apparat) yechimi;
- Kompyuter grafikasi yoki kompyuter o‘yinlari;
- Sun’iy intellekt texnologiyalari;
- Komunikatsiya tizimlariga asoslangan texnologiyalar;
- Ta’lim texnologiyalari;
- Robototexnika (Energetika, Transport qurilishi va b.) mobil ilovalar;
- Eng yaxshi dasturiy ishlanma;
- Kiberxavfsizlik texnologiyalari;
- Eng faol 3 ta ishtirokchi.
📅 Tadbirga qabul sanasi: Ishtirokchilar 30-mart kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
📍 Manzil: TATU sport zalida bo‘lib o‘tadi.
🎟 Ishtirok etish: Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun
Eng ilg‘or ishlanmalaringiz bilan ilm-fan va texnologiyalar rivojiga hissa qo‘shing! 🚀✨