“Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga start berildi

  • Asosiy
  • “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga start berildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali o‘z ishini boshladi. Anjumanni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Maxkamov hamda Malayziya davlatining MyRAS (Malaysia Robotics and Automation Society) jamiyati raisi Dr. Zailani Bin Safari ochib berdi.

“Muhandislik oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan anjuman doirasida 2000 nafar yoshlar va 10 nafardan ortiq xorijlik ekspertlar ishtirok etmoqda. Shuningdek, 11 turdagi musobaqa, 10 ga yaqin mavzuda seminar, master klasslar bo‘lib o‘tadi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan talaba-yoshlar jamoasi “Kelajak Muhandislari” xalqaro festivali doirasida muhandislik ishlanmalari ko‘rgazmasi, “Art-Engineering” namoyishi, robototexnika musobaqalari, Aviatsiya va “Drone racing” musobaqalari, “SpaceStart: talabalar raketa missiyasi” talabalarning raketasini sinovdan o‘tkazish tadbiri kabi 15 dan ortiq tanlovlar va musobaqalarda ishtirok etishmoqda.