“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali — innovatsion g‘oyalar maydoni
Joriy yil aprel oyi iqtidorli yosh muhandislar uchun haqiqiy bellashuv maydoniga aylanadi. Bu davr kelajakni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan loyihalar namoyish etiladigan muhim bosqich bo‘ladi. Aynan shu vaqtda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha turli tanlovlar va tadbirlar tashkil etiladi:
-
Aviatsiya muhandisligi
-
Agroteknologiya muhandisligi
-
Mashinasozlik muhandisligi
-
Robototexnika
-
Yashil energetika muhandisligi
-
Chiplar ishlab chiqish muhandisligi
-
Arxitektura muhandisligi
-
Tibbiyot muhandisligi
-
Energetika muhandisligi
Aynan shu yerda g‘oyalar haqiqiy loyihalarga, orzular esa muvaffaqiyatli kelajakka aylanadi.
✨ Kelajagingizni bugundan boshlab quring!
Xalqaro festival haqidagi barcha ma’lumotlarni quyidagi havola orqali topishingiz mumkin:
https://km.edu.uz/uz