KELAJAGINGIZNI HOZIRDAN O'ZGARTIRING: TUIT CUP-2026!

  • Asosiy
  • KELAJAGINGIZNI HOZIRDAN O'ZGARTIRING: TUIT CUP-2026!

🌀KELAJAGINGIZNI HOZIRDAN O‘ZGARTIRING: TUIT CUP-2026!
Siz dasturlashni o‘rganishdan tashqari Google, Meta, Huawei yoki Microsoft kabi gigant kompaniyalarda ishlashni ham orzu qilasizmi? Dunyo kezish, xalqaro do‘stlar orttirish va eng kuchlilar qatorida bo‘lishnichi?

Unda bu imkoniyat aynan SIZ uchun! TUIT CUP-2026 sport dasturlash bo‘yicha ochiq chempionatining 2-saralash bosqichi! 🏆

NEGA ISHTIROK ETISHINGIZ MUHIM?
Bu shunchaki musobaqa emas, bu — yirik IT olamiga ochilgan eshikdir:

💰200 MILLION SO‘M — Xalqaro O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi tomonidan ta’lim vaucherlari!

🌐 DUNYO ARENASI — Saralangan eng kuchli jamoalar xalqaro chempionatlarda O‘zbekiston bayrog‘ini himoya qilishadi!

💼KUCHLI E’TIBOR — Sport dasturlashda natija ko‘rsatgan yoshlar xalqaro IT kompaniyalar e’tiboriga tushadi.

🤝UCHRASHUVLAR — Eng aqlli tengdoshlaringiz va tajribali murabbiylar bilan tanishish imkoniyati.

MASTER-KLASS DARSLAR—Dasturlash texnologiyalari kafedrasining kuchli mutaxasislaridan master-klass.

👥KIMLAR QATNASHISHI MUMKIN?
TATUning barcha talabalari va magistrlari (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy yo‘nalishlar).

🏆G‘OLIBLAR QANDAY ANIQLANADI?
Musobaqa 2 bosqichda (Onlayn va Oflayn) bo‘lib o‘tadi va quyidagilar taqdirlanadi:

⏺Eng kuchli 50 ta talaba;

⏺Eng kuchli 3 ta fakultet;

⏺Eng kuchli 10 ta murabbiy

📅MUHIM SANALAR:
📌24-may: 2-Onlayn saralash bosqichi.

📌31-may: katta Offlayn final!

🔗RO‘YXATDAN O‘TING VA O‘ZINGIZNI KO‘RSATING!

✅Barcha talabalar uchun:
👉Ro‘yxatdan o‘tish (Barcha kurslar)


Maqsadimiz — TATUning xalqaro darajadagi terma jamoasini shakllantirish. Siz bu jamoaning asosiy a’zosi bo‘lishingiz mumkin!