Keksalarni hurmat qilish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

  • Asosiy
  • Keksalarni hurmat qilish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalari fakulteti ma’sullari va Fizika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 7-may “Aloqachilar kuni” hamda 9-may - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Inson qadri ulug‘ – xotira muqaddas” shiori ostida  uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. 

👤 Ushbu tadbirga Fizika kafedrasida uzoq yillar davomida ishlagan, ayni damda nafaqadagi faxriy professor-o‘qituvchilar va xodimlar taklif etildi.

🗒 Uchrashuv davomida bayram dasturxoni atrofida qizgʻin suhbatlar asnosida universitetda kechgan yillar va qiziqarli voqealar xotirlandi. Samimiy suhbatlar davomida mustaqillik ne’mati xususida fikr yuritildi. Vatanimiz va yoshlar haqqiga duo qilindi.