12 aprel kuni AKT sohasida Kasb ta’limi fakulteti "Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Z.Yusupova boshchiligida Toshkent viloyati ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibot markazi targ‘ibotchisi, TDAU "Gumanitar fanlar kafedrasi” o‘qituvchilari A.Nurmurodov va S.Abdulxakimovlar bilan hamkorlikda talaba yoshlar o‘rtasida "Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik? mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida O‘zbekistonni 1990 yilga qadar qanday bo‘lganligi va bugungi kundagi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bunyodkor, ezgu amal ishlar to‘g‘risida videofilm ko‘rsatildi. Shuningdek, O‘zbekiston erishayotgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotgani, xususan, jahon iqtisodiy forumi tomonidan e’lon qilingan reytingda keyingi 3 yilda iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan davlatlar orasida mamlakatimiz 5-o‘rinni egallagani, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQShning Kolumbiya universiteti tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy tadqiqotlar asosida e’lon qilingan "Butunjahon baxt indeksi”da Vatanimiz 158 ta mamlakat o‘rtasida 44-pog‘onani, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida 1-o‘rinni egallaganligi, O‘zbekiston qo‘lga kiritayotgan bunday yuksak natijalarning asosiy omili va mezoni xalqimizning fidokorona mehnati, odamlarimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi, ijtimoiy faolligi ortib, fuqarolik pozitsiyasi tobora kuchayib borayotganligiyorqin misollar bilan tushuntirildi.