Katta hayotga qadam

Bugun TATU qoshidagi akademik litseyida 2020-2021 o‘quv yili bitiruvchilarining diplom taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda samimiylik kayfiyati va yangi bitiruvchi kadrlarning g‘ayratli shijoatlari sezilib turdi.

Ma’muriyat va doim yordamga tayyor o‘qituvchi, ota-onalar tomonlaridan bitiruvchilar uchun ko‘plab iliq so‘zlar aytildi.

Prezidentimiz ilgari surgan "Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muxim tashabbus" doirasida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar qatnashchilari, jumladan o‘quvchilardan tashkil topgan "Sayqal" ansambli, badiiy rahbari Qodirov Boboxon Xudoynazarovich boshchiligida milliy cholg‘u asboblarida o‘zbek mumtoz kuylarini chalishga doir ijodiy maxoratlarini namoyon etib bayromona kayfiyat yaratdilar.

Tadbir davomida to‘garaklarning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yutuqlarga erishgan, jumladan "Yosh sportchilar" to‘garagining "Qilichvozlik" yo‘nalishi bo‘yicha ulkan zafarlarga erishgan, O‘zbekiston chempionati sovrindori Sobirjonov Baxtier, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining “Axborot texnologiyalar” yo‘nalishi bo‘yicha stipendiyachisi Yusupov Jasurbeklar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Shunday hayajonli va orziqib kutilgan damlarda TATU rektori Maxkamov Baxtiyor Shuхratovich pedagog va bitiruvchilarni erishilgan yutuqlari bilan tabriklab, oldinda turgan katta xayotdagi ishlarida omad va ijodiy zafarlar tilagan holda, tashakkurnoma taqdim etdilar.

 

TATU matbuoti